Sayt test rejimda!

E’tirof muborak!

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nizomjon Qurbonov MDH miqyosida tashkil etilgan «Milliy Iftixor» xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur e’tirof sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, aholining salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi samarali faoliyati hamda soha taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasining yuksak bahosi hisoblanadi. Nizomjon Qurbonovni ushbu nufuzli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi […]

Viloyat qon xizmati markazida qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi “2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–19-son qarori ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyatini soha xodimlariga yetkazish maqsadida tashkil etilgan seminarda Respublika qon quyish markazi direktori A.Saidov ishtirok etib, qarorning ustuvor yo‘nalishlari, qon xizmati tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Respublika qon […]

QASHQADARYODA ILK BOR ENDOSKOPIK GASTROSTOMA AMALIYOTI MUVAFFAQIYATLI JORIY ETILDI

Qashqadaryo viloyati onkologiya xizmatida yana bir muhim yutuq qayd etildi. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida Rossiya Federatsiyasining yuqori malakali mutaxassisi ishtirokida endoskopik gastrostoma amaliyoti bo‘yicha master-klass tashkil etildi. Master-klass davomida bir kunning o‘zida 4 nafar bemorda mazkur yuqori texnologiyali operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mutaxassislar amaliyotning barcha bosqichlarini amaliy jihatdan o‘zlashtirib, endilikda […]

Yakkabog‘lik 27 nafar bemorda bepul jarrohlik amaliyoti bajariladi

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Qurbon hayiti munosabatida jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yakkabog‘ tumanida vaucherlar tarqatildi. 27 nafar fuqaroga jarrohlik amaliyotiga muhtoj deb topilib, vaucherlar topshirildi. Shundan navbat asosida 7 nafar bemor ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yetkazildi va ularning davolanish jarayonlari boshlab yuborildi. Inson salomatligi va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan bu kabi ezgu tashabbuslar yurtimizda […]

Koson tumanida Qurbon Hayiti munosabati bilan ezgu ishlar davom etmoqda

Muqaddas Qurbon Hayiti munosabati va Prezidentimiz tashabbusi bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Koson tumanidagi og‘ir xastalik bilan kurashayotgan 50 nafar bemorlarga e’tibor va amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, bemorlarning zarur jarrohlik amaliyotlari uchun ketadigan harajatlarni to‘liq qoplash maqsadida maxsus vaucherlar topshirildi. Ularni Respublika va viloyatdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga bosqichma-bosqich yo‘naltirish ishlari davom ettirilmoqda. Aniqlangan bemorlarning […]