Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari.

Boshqarmaning asosiy vazifalari

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;

fuqarolar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikning bajarilishini taʼminlash;

aholiga tibbiy va tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil qilish, tasarrufidagi hududda onalik va bolalikni muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish;

tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ular tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifati, budjet mablagʻlaridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;

profilaktik sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish;

tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlashni boshqarishning barcha darajalarida aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini tashkil qilish va mustahkamlash;

bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, maqsadli dasturlarni amalga oshirish asosida sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni taʼminlash;

sogʻliqni saqlashni texnika bilan qayta jihozlash va uning moddiy bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tashxis qoʻyishga, bemorlarni davolash va sogʻlomlashtirishga zamonaviy texnologiyalar va texnika vositalarini joriy etish; fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini tibbiyot amaliyotiga joriy qilish;

tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini tayyorlash hamda ularning kasbiy darajasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

xususiy sogʻliqni saqlash tuzilmalari faoliyatini rivojlantirishga va tashkil qilishga koʻmaklashish;

xorijiy investitsiyalarni, xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar va jamoat tashkilotlari mablagʻlarini sogʻliqni saqlash tizimiga jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish.

tibbiy xizmatlar koʻrsatishda diagnostika va davolashda yagona standartlarni joriy etish, shuningdek ularga tibbiyot muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

tegishli hududlarda joylashgan tibbiyot muassasalari tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;

samarali sanitariya-epidemiologiya nazoratini taʼminlash, yuqumli va oʻta xavfli kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

oilada tibbiy madaniyatni oshirish boʻyicha aholi oʻrtasida profilaktika ishlarini amalga oshirishni tashkil qilish”;

yolgʻiz keksalar, nogironlarni va aholining boshqa zaif qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha amaliy va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy xizmat koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlash.

 

 

Boshqarma vazifalari

Sogʻliqni saqlash boshqarmasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:

tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, ularni amalga oshirishda davlat, jamoat tuzilmalarining va boshqa tuzilmalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;

aholiga dastlabki tibbiy va tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil qiladi, undan barchaning bahramand boʻlishini taʼminlaydi, tibbiy va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sifatining tibbiy-sanitariya standartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

muntazam nazoratdagi bemorlar kontingentining tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlaydi;

kasallanish profilaktikasini takomillashtirish va aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

tasarrufidagi butun hududda aholiga favqulodda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;

yuqumli, parazit kasalliklarning, shuningdek insonning yashashiga noqulay taʼsir koʻrsatuvchi muhit omillari bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklar va boshqa kasalliklarning oldini olishga doir ishlarni amalga oshiradi;

onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatini rivojlantiradi, sud-tibbiy ekspertizani va sud-ruhiy ekspertizani taʼminlaydi;

rahbar xodimlarning malakaviy tarkibi va kasbiy saviyasi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tibbiyot muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarni yuqori malakali kadrlar bilan butlashni va vrachlar, farmatsevtlar va tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirishni taʼminlaydi;

Boshqarma nomenklaturasidagi lavozimlarga kadrlar tanlashni amalga oshiradi va Boshqarmani yuqori malakali kadrlar bilan butlashni taʼminlaydi;

fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini tibbiy amaliyotga joriy etishga koʻmaklashadi;

iqtisodiy va moliyaviy ishlarni tashkil qiladi, tasarrufidagi muassasalar faoliyatini tahlil qiladi, shuningdek budjet mablagʻlaridan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;

sogʻliqni saqlashda statistikani yuritish ishlarini tashkil qiladi, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalarda statistik hisobga olish va hisobot tartibotiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, statistik axborotlarning ishonchliligini nazorat qiladi;

Boshqarma tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar tuzilmasini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi, tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ular toʻgʻrisidagi nizomlar va ustavlarni tasdiqlaydi;

tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlash muassasalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, sogʻliqni saqlashning nodavlat (xususiy) sektorini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi shart-sharoitlar yaratadi;

turli favqulodda vaziyatlar va halokatlarni bartaraf etish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi, odamlarning hayotini saqlash va salomatligini muhofaza qilishga, fuqarolarni favqulodda vaziyat hududidagi vaziyat va koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, Boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatidagi qonunchilik buzilishlarini, kamchiliklarni bartaraf etishga doir zarur chora-tadbirlarni koʻradi;

belgilangan tartibda xalqaro aloqalarni, sogʻliqni saqlash sohasidagi chet el tajribasini oʻrganishni va undan foydalanishni amalga oshiradi;

viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyat organlari ishtirokida yolgʻiz keksa fuqarolarga, nogironlarga va davlatning qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj boʻlgan aholining boshqa guruhlariga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etadi;

ijtimoiy taʼminlash muassasalarida (“Muruvvat” va “Saxovat” uylarida, pansionatlar, sanatoriylarda) yashovchi keksa fuqarolar va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etadi;

aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlarni jalb etish ishida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar ishini, shu jumladan ularning aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam berishni moliyalashtirish ehtiyojidan kelib chiqib amalga oshiriladigan tijorat faoliyatini muvofiqlashtiradi;

nogironlarni reabilitatsiya qilish ishiga rahbarlik qiladi;

nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish bosqichi sifatida ularning jismoniy tarbiya va sport harakati rivojlanishiga koʻmaklashadi;

taqdim etilgan buyurtmalarga muvofiq maxsus harakatlanish vositalari, ishlab chiqarish va maishiy tusdagi moslamalar, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ularni parvarish qilishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarishga buyurtmalarni amalga oshiradi;

 

 

Boshqarma huquqlari

Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:

tasarrufidagi muassasalarda sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, ishlarni takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun vakolatli organlarga belgilangan tartibda kiritish;

oʻz vakolatiga kiruvchi sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, kengashlar, uchrashuvlar oʻtkazish, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish;

mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan Boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni soʻrash va olish;

tibbiy kengash majlislarida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sogʻliqni saqlash muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha axborotlarini eshitish;

hududdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun hokimlik huzuridagi Favqulodda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasiga kiritish;

oʻziga tegishli muammolarni hal qilishga ilmiy muassasalarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;

tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va bank hamda boshqa kredit muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda valyuta schyotlariga ega boʻlish;

budjetdan tashqari mablagʻlardan xodimlarning samarali mehnatini ragʻbatlantirishda foydalanish;

tasarrufidagi muassasalarning amaldagi qonunchilikka xilof ravishda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish.