O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi “2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–19-son qarori ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyatini soha xodimlariga yetkazish maqsadida tashkil etilgan seminarda Respublika qon quyish markazi direktori A.Saidov ishtirok etib, qarorning ustuvor yo‘nalishlari, qon xizmati tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, Respublika qon quyish markazi mutaxassislari tomonidan yagona standartlarni joriy etishning ahamiyati alohida ta’kidlanib, xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan SOP (Standart operatsion muolajalar) bo‘yicha markaz mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ham olib borildi.

Qashqadaryo VSSB matbuot xizmati