Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nizomjon Qurbonov MDH miqyosida tashkil etilgan «Milliy Iftixor» xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, aholining salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi samarali faoliyati hamda soha taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasining yuksak bahosi hisoblanadi.

Nizomjon Qurbonovni ushbu nufuzli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik hamda yangi yutuqlar tilaymiz!

👏 E’tirof — fidokorona mehnatga berilgan munosib bahodir!

Qashqadaryo VSSB matbuot xizmati