Sayt test rejimda!

Qashqadaryolik shifokor xalqaro tibbiy kongressda ishtirok etmoqda

28–30 may kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida 4-Xalqaro Transkavkaz dermatologiya va estetik tibbiyot kongressi — ITC2026 bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Respublika ixtisoslashtirilgan kosmetologiya va dermatovenerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori Ahror Yo‘ldoshev ham ishtirok etmoqda. Kongress tibbiy va estetik dermatologiya sohasidagi eng so‘nggi ilmiy yangiliklar, innovasion yondashuvlar va zamonaviy davolash usullarini muhokama […]

Prezidentimiz tashabbusi bilan Qurbon hayiti munosabati bilan viloyatimizdagi jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlarga yaratilgan imkoniyat ko’ngillarni shod etmoqda

Bayram munoasabati bilan tuman va shaharlarimizda istiqomat qilayotgan 800 ga yaqin bemorlarga bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun maxsus vaucherlar tarqatildi. Yurtdoshlarimizning salomatligini tiklash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsad qilingan ushbu amal Qurbon hayiti arafasida bemorlar qalbiga umid va quvonch ulashilayotgani ushbu tashabbusning eng katta ahamiyatidir.

Kitob tumanida jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolajonlarga vaucherlar tarqatildi

Qurbon hayiti munosabati bilan aholiga ijtimoiy va tibbiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Kitob tumanida jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolalar uchun maxsus vaucherlar topshirildi. Tadbirda Kitob tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i A. Hasanov hamda sohada faoliyat yuritayotgan mutasaddilar ishtirok etib, ota-onalar va bolajonlar bilan suhbatlashdi. Ta’kidlanganidek, mazkur tashabbus bolalar salomatligini tiklash, ularning hayot sifati va kelajagiga e’tibor qaratish […]

Qurbon hayiti arafasida inson qadri ulug‘lanmoqda

Nishon tumanilik Muhriddin Boltayev 6 oydan buyon buyrak yetishmovchiligi xastaligi bilan kurashib kelmoqda. Uzoq davom etgan dard va qiyin sinovlarga qaramay, bugun u qalbida katta umid bilan yangi hayot sari qadam qo‘ymoqda. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Qurbon hayiti munosabatida jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar Muhriddin aka uchun ham katta quvonch bo‘ldi. Bugun u […]

Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga

Aziz farzandlarim, hurmatli ustoz va murabbiylar, muhtaram ota-onalar! Bugun mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida “soʻnggi qoʻngʻiroq”lar yangrab, bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Mana shu hayajonli damlarda 472 ming nafar oʻgʻil-qizlarimiz maktab taʼlimini tugatib, katta hayotga yoʻllanma olmoqda. Ana shunday unutilmas ayyom bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Biz bugun kelajak rejalarini tuzayotgan sizdek farzandlarimiz timsolida Yangi Oʻzbekistonni dunyoga […]