Ko‘pchilik yog‘larni faqat semirish bilan bog‘laydi. Aslida esa yog‘lar inson organizmi uchun muhim energiya va himoya manbai hisoblanadi.
✅ Yog‘larning organizmdagi asosiy vazifalari-organizmga energiya beradi, miya va asab tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, yurak faoliyati uchun muhim, A, D, E va K vitaminlarining so‘rilishiga yordam beradi. Gormonlar ishlab chiqarilishida иштирок etadi. Teri, soch va tirnoqlar sog‘lomligini сақлайди
⚠️ Ammo barcha yog‘lar bir xil emas!
🥗 Foydali yog‘lar manbalari: • Zaytun yog‘i
• Baliq mahsulotlari (losos, skumbriya)
• Yong‘oq va bodom
• Avokado
• Zig‘ir va кунжут urug‘i
• Tabiiy sut маҳсулотлари
🚫 Cheklash tavsiya etiladi: • Trans yog‘lar
• Haddan tashqari qovurilgan taomlar
• Fast food mahsulotlari
• Margarin va sun’iy yog‘lar
💡 Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, ratsiondagi yog‘lar to‘liq chiqarib tashlanmasligi kerak.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati