Temir moddasi inson organizmida qon hosil bo‘lishi, kislorodni hujayralarga yetkazish va immunitetni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa bolalar, homilador ayollar va ayollarda temir yetishmovchiligi ko‘p uchraydi.

📌 Temir moddasi yetishmasa:
🔹 holsizlik va tez charchash
🔹 bosh aylanishi
🔹 terining oqarishi
🔹 soch to‘kilishi
🔹 tirnoq sinuvchanligi
🔹 diqqat pasayishi kuzatiladi.

Temirga boy mahsulotlar:
🥩 Qizil go‘sht va jigar
🐟 Baliq mahsulotlari
🥚 Tuxum sarig‘i
🌿 Ismaloq va ko‘katlar
🫘 Loviya, mosh, no‘xat
🌰 Yong‘oq va quruq mevalar
🍎 Olma, anor, mayiz
📌 Temir yaxshi so‘rilishi uchun C vitamini ham muhim.

🍋 Shu sababli temirga boy ovqatlar bilan birga limon, apelsin, bulg‘or qalampiri yoki ko‘katlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.

⚠️ Choy va qahvani ovqatdan darhol keyin ichish esa temirning so‘rilishini kamaytiradi.

✅ To‘g‘ri ovqatlanish — sog‘lom qon va kuchli immunitet garovi!