Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi shahridagi «Ona va bola markazi»ga yaqin hududda yong‘in chiqqani aytilmoqda” mazmunidagi tarqalgan murojaat yuzasidan.

Mazkur xabar yuzasidan o‘rganishlar asosida quyidagilar ma’lum qilinadi.

 Qarshi shahridagi «Ona va bola markazi»ga yaqin hududda kecha, 21-oktabr kuni soat taxminan 20.40 larda «Otchopar» MFY «Xalqlar doʻstligi» koʻchasida yongʻin sodir boʻlgan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu manzilda yashovchi fuqarolar tomonidan toʻplangan xas-hashaklar oʻz boshimchalik bilan yoqib yuborilgan.

Yongʻin oqibatida hech bir bino-inshootlar va fuqarolarga, jumladan  Qarshi shahridagi «Ona va bola markazi» va viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga zarar yetmagani ma’lum qilinadi.

  Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash

 boshqarmasi matbuot xizmati