Ijtimoiy tarmoqda Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi binosi va moddiy texnik bazasi haqida tarqalgan xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Qamashi tumani tibbiyot birlashmasi binolari 1971 yilda qurilgan bo‘lib, keyingi yillarda muassasaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida bosqichma-bosqich ta’mirlash va yangilash ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2010 yilda tibbiyot birlashmasi binolarida ta’mirlash ishlari olib borilgan hamda keyingi yillarda joriy ta’mirlash ishlari davom ettirililib kelinmoqda.

✅ Bugungi kunda tibbiyot muassasalarining energiya samaradorligini oshirish va infratuzilmasini modernizatsiya qilish maqsadida “PREMIUM ARCHITECT DESIGN” MCHJ tomonidan tibbiyot birlashmasiga qarashli 17 ta bino-inshoot bo‘yicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan.
📌 Mazkur loyihalar asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida bosqichma-bosqich qurilish-ta’mirlash va energiya tejamkorlik ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

🏥 Shuningdek, davlat dasturlari doirasida Qamashi tumanida yirik tibbiyot klasteri loyihasini amalga oshirish rejasi tasdiqlangan bo‘lib, hozirda belgilangan tartibda tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumot o’rnida, so‘nggi 3 yilda tumanda sog‘liqni saqlash muassasalarini yangilash borasida ham qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2025 yilda 120 o‘ringa mo‘ljallangan loyiha qiymati 14.5 mlrdga teng zamonaviy tug‘ruq kompleksi qurilib foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, bir qator oilaviy shifokorlik punktlari va poliklinika binolari kapital ta’mirlanib, rekonstruksiya qilindi.

📌 Hududda, xususan Qamashi tuman tibbiyot muassasalari infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilash ishlari belgilangan dasturlar asosida davom ettirilayotgani bildirib o’tamiz.

Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati