Ijtimoiy tarmoqqa qo‘yilgan “Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va boshqa tegishli mas’ullar tanqidiy materiallarga rasmiy munosabat berilmadi” mazmunidagi videomaterial (https://www.youtube.com/watch?v=zfTPncTAddI)  yuzasidan Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tegishli muassasalar tomonidan o‘z vaqtida munosabat bildirilgan. Rasmiy axborot boshqarmaning rasmiy veb-sayti va telegram sahifasi orqali e’lon qilingani ma’lum qilinadi.

Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasida qayd etilgan kamchiliklar, jumladan, singan derazalar, sanitariya holati va boshqa infratuzilma bilan bog‘liq muammolar videomaterialda e’lon qilingan kuniyoq maxsus nazoratga olingan hamda tezkor choralar ko‘rilib, tegishli kamchiliklar bartaraf etilgan. https://t.me/qashqadaryo_ssb/15288

Shuningdek, mas’ul xodimlarning faoliyatiga aniq baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, aniqlangan kamchilik va bee’tiborlik holatlari bo‘yicha ayrim xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. https://t.me/qashqadaryo_ssb/15328

Bundan tashqari, Kitob tuman tibbiyot birlashmasi, Yakkabog‘ va Qarshi tumanlari tez tibbiy yordam xizmati rahbarlari bilan shaxsan suhbatlar o‘tkazilib, ularning xatti-harakatlari yuzasidan qat’iy tushuntirish ishlari amalga oshirildi va xizmat faoliyatida yo‘l qo‘yilgan nazoratsizlik holatlari uchun qattiq ogohlantirildi. https://qashqadaryovssb.uz/rasmiy-munosabat-11/ , https://qashqadaryovssb.uz/rasmiy-munosabat-12/

 

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni

saqlash boshqarmasi axborot xizmati