Ijtimoiy tarmoqda Kitob tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bo`yicha ko‘rsatilgan tanqidlar bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.
Kitob tuman tibbiyot birlashmasiga tegishli xududlar ya’ni birlasma tashqarisidagi binolar va mashinalar turar joyi pullik xizmat tashkil etilgani va pullik tibbiy xizmat joriy etilganiga e’tirozlar bildirilgani yuzasidan
Tibbiyot birlashmasining tashqi qismida aholiga xizmat sifatini oshirish va qulaylik yaratish xamda tozalikni muntazam saqqlab turish maqsadida 2025 yil yanvar oyidan avtomobil qo‘yish joyi va mart oyidan pullik xojatnxona xizmati joriy etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 sentabrdagi №311-sonli “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Kitob tuman tibbiyot birlashmasida ham aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda oilaviy shifokor davolash va tashxislash standartlariga muvofiq tor soha shifokorlariga, zarur hollarda shifoxonalarga elektron yo‘llanma beradi xamda bemor mazkur yo‘llanma asosida tor soha shifokori tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi va (yoki) shifoxonaga yotqiziladi. Ushbu tartibga rioya etilmagan hollarda tibbiy xizmatlar pullik asosda ko‘rsatiladi; (shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish bundan mustasno).
Shuningdek, Kitob tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3 sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 dekabrdagi 293-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan pullik xizmatni tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan budjetdan tashqari qo‘shimcha pul mablag‘larini topish yo‘lga quyilgan, bunda bemorlarga qo‘shimcha servis xizmatlarini ko‘rsatish hamda mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish boshqa xizmatlar kiradi. Kitob tuman tibbiyot pul tushumlarni belgilangan tartibda hisob raqamga qabul qilish aloxida kassa, ma’sul shaxs, nazorat kassa mashinalari tegishli tartibda o‘rnatilgan belgilangan tartibda o‘rnatilgan. Ishlab topilgan budjetdan tashqari mablag‘lar asosan xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga va tibbiyot muassasasini moddiy texnik bazasini rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, tibbiyot birlashmasi rahbari A.Hasanov ish o‘rnida yo‘qligi haqida bildirilgan e’tirozlar bo‘yicha 19 mart kuni ya’ni Aspekt24 vakillari borgan kun birlashma rahbari va tegishli xodimlari tumandagi 13-oilaviy poliklinikani ko‘chirish maqsadida Panji mahalla fuqarolar yig‘inida aholisi bilan uchrashuv o‘tkazilishi munosabat bilan Panji mahallasi xududida bo‘lgan.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni
saqlash boshqarmasi axborot xizmati