Sayt test rejimda!

Bugun tibbiyotda bemorlar xavfsizligini ta’minlash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, saraton kasalligini aniqlash va davolashda qo‘llaniladigan zamonaviy radiologik tekshiruvlar yuqori aniqlik bilan birga xavfsizlik talablariga ham qat’iy rioya etishni taqozo etadi.

Shu maqsadda 2026-yil 22–26-iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATЭ) tomonidan “Saraton tasvirlash diagnostikasida bemorlar xavfsizligi” mavzusida mintaqaviy seminar tashkil etildi.

Nufuzli xalqaro tadbirda Respublikа ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali vakillari radioterapiya bo‘limi boshlig‘i E.G‘afurov, radiatsion xavfsizlik bo‘yicha mas’ul shaxs M.Ahmedov ham ishtirok etmoqda.

Seminar davomida saraton diagnostikasida qo‘llaniladigan kompyuter tomografiyasi va boshqa radiologik tekshiruvlarda bemorlar xavfsizligini ta’minlash, nurlanish yuklamasini optimallashtirish, sifat nazorati hamda xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.

Bunday xalqaro maydonlarda ishtirok etish mutaxassislar malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va hududimizda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Qashqadaryo VSSB matbuot xizmati