Avvalroq, 12-may – «Xalqaro hamshiralar kuni» munosabati bilan oʻtkazilgan respublika koʻrik-tanlovlarida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni koʻrsatgan bir guruh qashqadaryolik hamshiralar haqida yoritgan edik. Bugun ular munosib ragʻbatlantirildi.
Sogʻliqni saqlash vazirining qimmatbaho sovgʻalarini viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi N.Qurbonov tantanali topshirdi.
Vazir sovgʻalariga sazovor boʻlgan oʻz kasbining fidoyilari boʻlgan hamshiralarimiz ruyxati:
1️⃣ Sanaqulova Guliruxsor Narzullayevna — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi Tuqboy OP Patronaj doyasi. «Patronaj doya ayol salomatligi tayanchi» tanlovi g`olibi. Nurimova Yayra Sultanovna — Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo’yicha Qashqadaryo viloyati filiali 5-bolalar va o’smirlar psixiatriya bo’limi hamshirasi. «Yilning eng yaxshi bolalar hamshirasi» tanlovi 1-o`rin sohibi.
2️⃣
3️⃣ Normuradov Muzaffar Boltayevich — Respublika tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo viloyati filiali Ko’kdala tumani Tez tibbiy yordam bo’limi feldsheri. «Yilning eng yaxshi tez tibbiy yordam stantsiyasi hamshirasi» tanlovi 2-o`rin sohibi.Tog`ayev Xayrulla Nurboyevich — Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo’yicha Qashqadaryo viloyati filiali dispanser bo’limi feldsheri. «Yilning eng yaxshi feldsheri» tanlovi 3-orin sohibi
4️⃣
5️⃣ Sunnatova Iroda Sirojiddinovna — Respublika ixtisoslashtirilgan oncology va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali ayollar reproduktiv tizimi o’sma kasalliklari bo’limi hamshirasi. «Hamshira-2026″ tanlovi ishtirokchisi.
6️⃣Mirzayeva Durdona Nurim qizi — Kitob tuman sog’liqni saqlash bo’limi, 7-son OP IT-Operator hamshirasi. «Yilning eng yaxshi IT-Operator hamshirasi» tanlovi ishtirokchisi.
7️⃣Ravshanova Dilsora Gulyamovna — Respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali Ambulator poliklinika bo’lim hamshirasi. «Mening onam hamshira» tanlovi ishtirokchisi.
👏 Fidoiy va jonkuyar tibbiyot xodimlarimizni ushbu yutuq bilan qutlab, ularga masʼuliyatli va sharafli ishlarida hamisha muvaffaqiyat yor boʻlishini tilaymiz!



Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati