Shvetsiyaning Stokgolm shahrida Yevropa Gematologlar Assotsiatsiyasining «EHA 2026 Congress» yillik kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi anjuman «From Research to Real Life» («Ilmiy tadqiqotlardan real hayotga») mavzusiga bag‘ishlangan.
📊 Nufuzli xalqaro tadbirda dunyoning 104 ta davlatidan 850 nafardan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekistondan 7 nafar mutaxassis ham qatnashmoqda.
👏 Quvonarlisi, mazkur kongress ishtirokchilari safida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Bolalar onkologi E.Bo`ronov ham bor.
🔬 Kongressda gematologiya va onkogematologiya sohasidagi eng so‘nggi ilmiy yutuqlar, innovatsion diagnostika va davolash usullari muhokama qilinmoqda. Bu kabi xalqaro tajriba almashuvlari soha mutaxassislarining bilimlarini yanada oshirishga, ilg‘or amaliyotlarni yurtimiz tibbiyotiga joriy etishga xizmat qiladi.



Qashqadaryo VSSB matbuot xizmati