Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Qurbon hayiti munosabatida jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yakkabog‘ tumanida vaucherlar tarqatildi.

27 nafar fuqaroga jarrohlik amaliyotiga muhtoj deb topilib, vaucherlar topshirildi. Shundan navbat asosida 7 nafar bemor ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yetkazildi va ularning davolanish jarayonlari boshlab yuborildi.

Inson salomatligi va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan bu kabi ezgu tashabbuslar yurtimizda inson qadrini ulug‘lashning yana bir yorqin ifodasidir.

Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizamti