Muqaddas Qurbon Hayiti munosabati va Prezidentimiz tashabbusi bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Koson tumanidagi og‘ir xastalik bilan kurashayotgan 50 nafar bemorlarga e’tibor va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Xususan, bemorlarning zarur jarrohlik amaliyotlari uchun ketadigan harajatlarni to‘liq qoplash maqsadida maxsus vaucherlar topshirildi. Ularni Respublika va viloyatdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga bosqichma-bosqich yo‘naltirish ishlari davom ettirilmoqda.
Aniqlangan bemorlarning tibbiy ko‘rsatmalari asosida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari, ixtisoslashtirilgan davolash hamda reabilitatsiya tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha aniq reja-grafik ishlab chiqilgan.



