Qurbon hayiti munosabati bilan aholiga ijtimoiy va tibbiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Kitob tumanida jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolalar uchun maxsus vaucherlar topshirildi.
Tadbirda Kitob tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i A. Hasanov hamda sohada faoliyat yuritayotgan mutasaddilar ishtirok etib, ota-onalar va bolajonlar bilan suhbatlashdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur tashabbus bolalar salomatligini tiklash, ularning hayot sifati va kelajagiga e’tibor qaratish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biri hisoblanadi.
Bu kabi xayrli ishlar xalq salomatligi yo‘lida olib borilayotgan ezgu islohotlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘lmoqda.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati

