Nishon tumanilik Muhriddin Boltayev 6 oydan buyon buyrak yetishmovchiligi xastaligi bilan kurashib kelmoqda. Uzoq davom etgan dard va qiyin sinovlarga qaramay, bugun u qalbida katta umid bilan yangi hayot sari qadam qo‘ymoqda.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Qurbon hayiti munosabatida jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar Muhriddin aka uchun ham katta quvonch bo‘ldi.
Bugun u viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun yotqizildi.
— Men kabi bemorlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan cheksiz mamnunman. Yaqin kunlarda sog‘lom insonlar safida bo‘lishimga ishonaman, — deydi Muhriddin Boltayev hayajon bilan.
Bemorning minnatdorchilikka to‘la so‘zlari yurtimizda inson salomatligi va qadri har narsadan ustun ekanining yana bir amaliy ifodasi bo‘lmoqda.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati