Amalga oshirilgan ishlar

Qashqadaryo viloyatida aholi soni 3 639 318 nafarni tashkil qiladi. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimida 337 ta tibbiyot muassasasi faoliyat olib boradi. Shundan 53 ta statsionar xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar bo‘lib bu muassasalarda 9 472 ta shifo o‘rinlari mavjud. Shundan, 12 ta muassasa Respublika markazlari filiallari, 17 ta viloyat muassasalari, 36 ta tuman darajasidagi shifoxonalaridir. 232 ta ambulator muassasalar mavjud bo‘lib, shundan, 106 tasi oilaviy shifokorlik punktlari, 111 ta oilaviy poliklinikalar, 15 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, 182 ta mahalla tibbiyot punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

2026-yil 3 oyda 5427 nafar shifokor (2025 yilda 5494 nafar) davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 11 nafari (2025 yilda 783 nafarni tashkil etardi) endi ish faoliyatini boshlagan mutaxassislardir. 1 nafar fan doktori, 18 nafar tibbiyot fanlari nomzodi 22 nafar shifokor ilmiy izlanish olib bormoqda.

2026 yil davomida  Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi o‘rtasida  Shartnoma to‘zgan 299 ta tibbiyot muassasalariga 2 733 mlrd 779 mln so‘m mablag‘  moliyalashtirib berish rejalashtirilgan. 2026 yil 3 oyi davomida  sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalariga 677 mlrd 880 mln. so‘m moliyalashtirilgan. (2025 yil 3 oyda davriga nisbatan  73 mlrd 712 mln.so‘mga oshgan).

Joriy yilda investitsiya dasturi doirasida 17 ta tibbiyot muassasalarini ta’mirlash (54 mlrd 441 mln.so‘m evaziga) ko‘zda tutilgan bo‘lib hozirga qadar 17 ta tibbiyot muassasalari joriy ta’mirlanib foydalanishga topshirildi (47 mlrd 373 mln.so‘m) (2024 yilda 47 ta tibbiyot muassasasi ta’mirdan chiqarilib, 99,7 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan).

Joriy yilning 3 oy davomida viloyatda 2 503 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi (2025 yil 3 oyda 1 829 ta).

2026-yil 3 oy mobaynida imtiyozli orderlar bilan Respublika va viloyatda jami 7454 nafar shundan 1516 nafari jarrohlik amalyoti o‘tkazilib davolanib chiqgan.

 2025 yilda 70 nafar mutaxassislar Respublika markazlarida, 26 nafar mutaxassislar xorijiy davlatlarda malaka oshirib kelishdi (2025-yilda 29 nafar).

2025-yilda 53 nafardan oshiq mutaxassislar xorijiy konferensiyalarda ishtirok etib, tajriba almashdi.

Viloyatda xususiy tibbiyot muassasalari soni 768 taga 5 280 ta shifo o‘rni mavjud. Shundan 618 tasi ambulator va 150 tasi statsionar sharoitda 72 turdagi ixtisosliklar bo‘yicha aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

2026 yil 3 oyda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 15 ta xususiy tibbiyot muassasalariga belgilangan tartibda litsenziya asosida faoliyatga ruxsat berildi.

2026-yil 3 oyida 367 nafar chet el fuqarolariga 3 mlrd 592 mln 500 ming so‘mlik tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. (2025-yil 3 oyda 348 nafar 3 mlrd 540 mln 800 ming so‘m)  bu o‘tgan yilga nisbatan oshgan.

Kitob tumanida aholining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga murojaati 30 % dan 70 % gacha oshdi, bu esa aholida oilaviy shifokorlar faoliyatiga bo‘lgan ishonchning ortib borayotganidan dalolat. Shu bilan birga, statsionar shifoxonalarga murojaatlar
30 % ga kamaydi
.

Qashqadaryo viloyatida yurak-qon tomir kasalliklari 2024 yilda 32 ming 671 ta birlamchi kasalliklar qayd etilgan.

2025 yilda 31 ming 966 ta birlamchi kasalliklar qayd etilib o‘tgan yilga nisbatan 705 taga kamaygan.

Qandli diabet kasalligi 2026 yil 3 oyda 23 ming 103 nafar (2025 yil 3 oyda 20  ming  794 nafar) yani  2309 nafarga oshgan.

O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari 2026 yil 3 oyda 960 nafar 100 ming aholiga nisbatan 0,9 nafarni (2025 yil 3 oyda 1500 nafar 100 ming aholiga nisbatan 1,5 nafar) ni yani 540 nafarga kamaygan.  

Bundan ko‘rinib turibdiki, skrining tekshiruvlar natijasida o‘tgan yilgi mos davriga qaraganda 2.4 % ga kamaygan.

Asab-ruxiy kasalliklari 2026-yil 3 oyda 244 nafar (2025-yil 3 oyda 314 nafar) yani 70 nafarga kamaygan.

2026-yil 3 oyda 62 nafar, 2025-yilning 3 oy 58 nafar onkologik kasallik holati erta bosqichda aniqlandi.

2025-yil Tibbiyot tizimini Raqamlashtirish uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 18 mlrd (2024 yilda 3 mlrd) so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi. 2026-yil 3 oyda Viloyatning tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga 473 dona zarur kompyuter texnikalari sotib olib berish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 2026-yil 27-martda VII-23-51-4-0-K/26-son Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining qaroriga asosan 3 152 mln so‘m  ajratildi.

Kitobda 115ta Koson tumanlarida 42ta kompyuter uchun 2026-yil 1-mavsum open budjet loyixasida g‘olib deb topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 17 fevral kuni Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-67-son qaroriga muvofiq 754 nafari Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur reja-grafik asosida 280 nafar bemor belgilangan tibbiyot muassasalariga yotqizilmoqda. Shundan: 45 nafari yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti uchun; 235 nafari davolash maqsadida statsionar sharoitda yotqizildi.

Tibbiyot muassasalari tomonidan 2026 yil 3 oyida 36 mlrd 850 mln  so‘m (2025-yil 3 oyda 32 mlrd 515 mln so‘m) budjetdan tashqari mablag‘ ishlab topilgan, shu davriga kelib 4 mlrd 335 mln so‘mga ko‘paygan.

Viloyat bo‘yicha 2026 yil 3 oyda 2 ta onalar o‘limi qayd etilgan, (2025 yil 3 oyda 1 ta) nisbatan 1 taga ko‘paygan. Qamashi va Qarshi tumanlarida 1 tadan, ona o‘limi qayd etilgan.

2026 yil 3 oyda 186 ta go‘daklar o‘limi qayd etilgan, (2025 yil 3 oyda yilga 177 ta) nisbatan — 9 taga kamaygan. (Biroq Chiroqchi tumanida +7 taga, Dexqonobod tumanida +9 taga, oshgan).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2026-yil 3 oyda jami 1820 ta murojaat kelib tushgan, bu ko‘rsatkich 2025 yil 3 oyda 1254 tani tashkil qiladi bu utgan yilga nisbatan 566 taga oshganligini ko‘rsatadi. Murojaatlar soni Dehqonobod, G‘uzor, Qamashi, Qarshi tumanlarida va Qarshi shahrida oshgan.

 

2026-yildaamalga oshiriladigan ustuvor vazifalar

Birinchidan — barcha tuman/shahar tibbiyot birlashmalarida murakkab laporoskopik jarrohlik amaliyotlari (oshqozon ichak rezeksiyalari, laparoskopik nefroektomiya, laparoskopik ichak anastomozlari, adenomektomiya)ni yo‘lga qo‘yish.

Tibbiyot muassasalar moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida 184 ta tibbiyot muassasalarni 94 turdagi 1 862 dona asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

Viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalarida jismoniy shaxsga nisbatan 1216,75 stavka vakant shifokor lavozimlarini to‘ldirish choralarini ko‘rish.

Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish maqsadida davolash-profilaktika muassasalarini Respublika budjet mablag‘lari hisobidan 435 ta kompyuter bilan ta’minlash.

— Qarshi tuman tibbiyot birlashmasida 300 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurish. Loyixa qiymati 40,0 mln $.

— Qarshi shahrida 600 o‘rinli  zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurish va jixozlash. Loyixa qiymati 80,0 mln $

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xususiy tibbiyot sohasida umumiy qiymati 500 mlrd. so‘mlik 50 ta loyihalar  amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

Joriy yil davomida nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan 400 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish.