Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Yakkabog‘ tumani tug‘ruq bo‘limida dori vositalari retseptlari belgilangan tartiblarga zid ravishda rasmiy blankalarsiz yozilayotgani hamda dorixonalarda retseptsiz realizatsiya qilinayotgani haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Mazkur holat bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida ayrim tibbiyot xodimlari tomonidan dori vositalarini belgilangan tartibda, ya’ni tasdiqlangan retsept blankalarida rasmiylashtirmasdan yozish holatlari aniqlangan.

Xususan, aniqlangan kamchiliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 5-bob 27-bandida belgilangan retsept yozish talablari buzilgan holda sodir etilgani qayd etildi.

Shuningdek, ayrim dorixona xodimlari tomonidan ham amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga zid ravishda dori vositalarini retseptsiz realizatsiya qilish holatlari aniqlangan.

Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan mas’ul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rilmoqda hamda huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga materiallar taqdim etildi.

Hozirda mazkur yo‘nalishda nazorat tadbirlari kuchaytirilgan bo‘lib, tibbiyot muassasalari hamda dorixonalarda dori vositalarining qonuniy muomalasini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha profilaktik va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

❗️Fuqarolardan tibbiy xizmatlardan foydalanishda hamda dori vositalarini xarid qilishda faqat qonuniy tartiblarga amal qilishlarini so‘raymiz.

Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati