Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbarlari lavozimlariga o‘tkazilgan ochiq tanlovlar yuzasidan bildirilgan fikr mulohazalar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
O‘tkazilgan ochiq tanlovlar natijalariga ko‘ra, Kasbi va Dehqonobod tumanlarida tanlov g‘oliblari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanib, rasman o‘z mehnat faoliyatini boshlagan.
Shuningdek, Mirishkor tumani bo‘yicha tanlov jarayonining suhbat bosqichi belgilangan tartibda davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur bosqich yakunlariga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Sog‘liqni saqlash tizimida rahbar kadrlarni tanlash va tayinlash jarayonlari amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida, bosqichma-bosqich va shaffof tarzda amalga oshirilmoqda.
Har bir bosqichning belgilangan tartibda o‘tkazilishi va yakuniy qarorlar qonunchilik talablariga muvofiq qabul qilinishi ta’minlanadi.
Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati