Ijtimoiy tarmoqlarda nogironlik belgilash jarayonlari va ayrim holatlar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

Nogironlikni belgilash va qayta ko‘rib chiqish masalalari amaldagi qonunchilikka muvofiq, faqatgina Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan ko‘p bosqichli, tibbiy hujjatlar va zarur tekshiruvlar asosida amalga oshiriladi.

Mazkur jarayonlar qat’iy tartibga solingan bo‘lib, unda:
— birlamchi tibbiy ko‘rik xulosalari
— mutaxassislar xulosalari
— laborator va instrumental tekshiruv natijalari
— komissiya a’zolarining kollegial qarori asos qilib olinadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, nogironlikni belgilash jarayonida yakka shaxsning qarori yoki subyektiv yondashuvi asos bo‘la olmaydi. Barcha holatlar shaffof, hujjatlashtirilgan va jamoaviy muhokama asosida ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish va qayta o‘rganish jarayonlari ham belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlar tomonidan nazorat qilinadi.
Agar fuqarolar tomonidan shubhali holatlar yuzasidan isbotlovchi xujjatlar, faktlar bo’lsa, ular tegishli tartibda qayta tekshiriladi va qonuniy baho beriladi.

Sog‘liqni saqlash tizimida nogironlikni belgilash jarayonlarining adolatli, shaffof va xolis amalga oshirilishi doimiy nazorat ostida bo‘lib, bu borada korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy ta’minlanadi.

Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati