Ko'p beriladigan savollar

Davolanish uchun imtiyozli yo’llanma (order) ijtimoiy reestrga kiritilgan oila a’zolari uchun rasmiylashtiriladi. 
Kasalligiga qarab, viloyat yoki respublika toifasidagi davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarida davolanish imkoniyati mavjud.
Buning uchun fuqaro avval hududidagi oilaviy shifokorga davolanish uchun murojaat qiladi.
Hech qanday hujjat talab etilmaydi, mahalla ettiligi tomonidan ijtimoiy reestga kiritilgan bo’lsa, oila shifokori tomonidan yo’llanma shakllantiriladi.
Bu aktsiya 2026 yil 30 aprelga qadar amalga oshiriladi.
Agar aniqlangan kasallikni tuman darajasida davolash imkoni bo’lsa, u holda Davlat byudjeti hisobidan kafolatlangan paket doirasida davolanish mumkin.

• Davlat ta’minotidagi oilalarga, o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz yashovchi hamda yolg’iz keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar reestridagi fuqarolar, shuningdek, etim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar yashayotgan oilalarga 1 million so’mdan;
• Kambag’al toifadagi hamda «mahalla ettiligi» tomonidan shakllantirilgan qo’shimcha ro’yxatdagi ehtiyojmand oilalarga – 500 ming so’mdan bir martalik moddiy yordam ko’rsatiladi.

Moddiy yordam ko’rsatish SSV vakolatiga kirmaydi. Moddiy yordam olish uchun mahalliy hokimliklar, homiy tashkilotlar va jamoat fondlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi vakolatida. Faqat sil kasaligiga qarshi sanatoriyaga tuman sil kasalliklari dispansrlari tomonidan beriladi.

Bugungi kunda, oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko’p tarmoqli Markaziy poliklinikalarda 66 turdagi dori va antiseptik vositalari davolash uchun bepul ishlatiladi.

Tibbiy mexnat ekspertiza komissiyasi tomonidan belgilanadi.

0,86 shakl kasallik tarixidan ko’chirmalar
mexnatga layoqatsizlik varakasi kerak bo’ladi. Ushbu hujjatlar oilaviy poliklinikasi tomonidan tayyorlab beriladi.

Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida maxsus imtiyozga ega bo’lmagan shaxslarni tomonidan tashxis qo’yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda davolanishadi.