Boshqarma haqida
Boshqarmaning asosiy vazifalari
Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
fuqarolar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikning bajarilishini taʼminlash;
aholiga tibbiy va tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil qilish, tasarrufidagi hududda onalik va bolalikni muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish;
tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ular tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifati, budjet mablagʻlaridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;
profilaktik sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish;
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlashni boshqarishning barcha darajalarida aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini tashkil qilish va mustahkamlash;
bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, maqsadli dasturlarni amalga oshirish asosida sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni taʼminlash;
sogʻliqni saqlashni texnika bilan qayta jihozlash va uning moddiy bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tashxis qoʻyishga, bemorlarni davolash va sogʻlomlashtirishga zamonaviy texnologiyalar va texnika vositalarini joriy etish; fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini tibbiyot amaliyotiga joriy qilish;
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini tayyorlash hamda ularning kasbiy darajasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
xususiy sogʻliqni saqlash tuzilmalari faoliyatini rivojlantirishga va tashkil qilishga koʻmaklashish;
xorijiy investitsiyalarni, xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar va jamoat tashkilotlari mablagʻlarini sogʻliqni saqlash tizimiga jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish.
tibbiy xizmatlar koʻrsatishda diagnostika va davolashda yagona standartlarni joriy etish, shuningdek ularga tibbiyot muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
tegishli hududlarda joylashgan tibbiyot muassasalari tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
samarali sanitariya-epidemiologiya nazoratini taʼminlash, yuqumli va oʻta xavfli kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
oilada tibbiy madaniyatni oshirish boʻyicha aholi oʻrtasida profilaktika ishlarini amalga oshirishni tashkil qilish”;
yolgʻiz keksalar, nogironlarni va aholining boshqa zaif qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha amaliy va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy xizmat koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlash.
Boshqarma vazifalari
Sogʻliqni saqlash boshqarmasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, ularni amalga oshirishda davlat, jamoat tuzilmalarining va boshqa tuzilmalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
aholiga dastlabki tibbiy va tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil qiladi, undan barchaning bahramand boʻlishini taʼminlaydi, tibbiy va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sifatining tibbiy-sanitariya standartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
muntazam nazoratdagi bemorlar kontingentining tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
kasallanish profilaktikasini takomillashtirish va aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
tasarrufidagi butun hududda aholiga favqulodda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;
yuqumli, parazit kasalliklarning, shuningdek insonning yashashiga noqulay taʼsir koʻrsatuvchi muhit omillari bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklar va boshqa kasalliklarning oldini olishga doir ishlarni amalga oshiradi;
onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatini rivojlantiradi, sud-tibbiy ekspertizani va sud-ruhiy ekspertizani taʼminlaydi;
rahbar xodimlarning malakaviy tarkibi va kasbiy saviyasi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tibbiyot muassasalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarni yuqori malakali kadrlar bilan butlashni va vrachlar, farmatsevtlar va tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirishni taʼminlaydi;
Boshqarma nomenklaturasidagi lavozimlarga kadrlar tanlashni amalga oshiradi va Boshqarmani yuqori malakali kadrlar bilan butlashni taʼminlaydi;
fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini tibbiy amaliyotga joriy etishga koʻmaklashadi;
iqtisodiy va moliyaviy ishlarni tashkil qiladi, tasarrufidagi muassasalar faoliyatini tahlil qiladi, shuningdek budjet mablagʻlaridan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sogʻliqni saqlashda statistikani yuritish ishlarini tashkil qiladi, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalarda statistik hisobga olish va hisobot tartibotiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, statistik axborotlarning ishonchliligini nazorat qiladi;
Boshqarma tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar tuzilmasini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi, tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ular toʻgʻrisidagi nizomlar va ustavlarni tasdiqlaydi;
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlash muassasalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, sogʻliqni saqlashning nodavlat (xususiy) sektorini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi shart-sharoitlar yaratadi;
turli favqulodda vaziyatlar va halokatlarni bartaraf etish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi, odamlarning hayotini saqlash va salomatligini muhofaza qilishga, fuqarolarni favqulodda vaziyat hududidagi vaziyat va koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, Boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatidagi qonunchilik buzilishlarini, kamchiliklarni bartaraf etishga doir zarur chora-tadbirlarni koʻradi;
belgilangan tartibda xalqaro aloqalarni, sogʻliqni saqlash sohasidagi chet el tajribasini oʻrganishni va undan foydalanishni amalga oshiradi;
viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyat organlari ishtirokida yolgʻiz keksa fuqarolarga, nogironlarga va davlatning qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj boʻlgan aholining boshqa guruhlariga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etadi;
ijtimoiy taʼminlash muassasalarida (“Muruvvat” va “Saxovat” uylarida, pansionatlar, sanatoriylarda) yashovchi keksa fuqarolar va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etadi;
aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlarni jalb etish ishida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar ishini, shu jumladan ularning aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam berishni moliyalashtirish ehtiyojidan kelib chiqib amalga oshiriladigan tijorat faoliyatini muvofiqlashtiradi;
nogironlarni reabilitatsiya qilish ishiga rahbarlik qiladi;
nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish bosqichi sifatida ularning jismoniy tarbiya va sport harakati rivojlanishiga koʻmaklashadi;
taqdim etilgan buyurtmalarga muvofiq maxsus harakatlanish vositalari, ishlab chiqarish va maishiy tusdagi moslamalar, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ularni parvarish qilishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarishga buyurtmalarni amalga oshiradi;
Boshqarma huquqlari
Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
tasarrufidagi muassasalarda sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, ishlarni takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun vakolatli organlarga belgilangan tartibda kiritish;
oʻz vakolatiga kiruvchi sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, kengashlar, uchrashuvlar oʻtkazish, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish;
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan Boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni soʻrash va olish;
tibbiy kengash majlislarida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sogʻliqni saqlash muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha axborotlarini eshitish;
hududdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun hokimlik huzuridagi Favqulodda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasiga kiritish;
oʻziga tegishli muammolarni hal qilishga ilmiy muassasalarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va bank hamda boshqa kredit muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda valyuta schyotlariga ega boʻlish;
budjetdan tashqari mablagʻlardan xodimlarning samarali mehnatini ragʻbatlantirishda foydalanish;
tasarrufidagi muassasalarning amaldagi qonunchilikka xilof ravishda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2776 — son qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyati avtomobil yo’llari hududiy bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yullari davlat qo‘mitasining 2017 yil 29 martdagi 06 — sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida’”gi PQ-4545 — sonli qaroriga ko‘ra Bosh boshgarma (keyingi o‘rinlarda — “Bosh boshqarma”) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keying o‘rinlarda — “Muassis”)ning tashkiliy tuzilmasi va Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining huqugiy vorisi hisoblanadi.
3.Bosh boshgarmaning to‘liq nomi:
o‘zbek tilida — Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi (qisqartmasi — Qashqadaryo viloyati AYBB);
4.Bosh boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, garorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Muassisning garorlari, farmoyishlari va buyruqlariga, o’zining Nizomiga hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
5.Bosh boshqarma o‘z faoliyatini to‘liq xo‘jalik hisobi asosida amalga oshiradi va bevosita Muassisga buysunadi.
6.Bosh boshqarma o‘z vazifalari va funktsiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
7.Bosh boshqarma Qashqadaryo viloyatidagi avtomobil yo‘llarini davlat tomonidan boshqaradigan maxsus vakolatli idora hisoblanadi va viloyat hududidagi avtomobil yo‘llari sohasida Muassisning yagona texnika siyosatini olib boradi.
Bosh boshgarma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining xo‘jalik mustaqilligini va yuridik shaxs maqomini saqlab qoladilar.
8.Bosh boshqarmani saqlash harajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida tagiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.