«Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning ijrosini taʼminlash maqsadida «ZOʻRAVONLIKSIZ OILA — FARAVON HAYOT SARI» shiori ostida 16 kunlik aksiyalarini oʻtkazish boʻyicha chora tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Shu munosabat bilan 6-dekabr kuni soat 10-00 da Mirishkor tumani 3-sonli musiqa maktabiga grafik asosida ushbu tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Oila tinch — kelajak farovon” mavzusida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining Qashqadaryo viloyat hududiy boʻlimi rahbari K.Ismoilova, “Sen baribir muqaddassan ayol” mavzusida Mirishkor tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Z.Mamanazarovalar so‘zga chiqishdi.
Tadbirda IIB xodimi kapitan M.Choriyeva, Xalq taʼlimi boʻlimi psixologi M.Ergasheva, Din ishlari qoʻmitasi Mirishkor tuman boʻyicha bosh mutaxassis F. Asadovlar ishtirok etishdi.
Mirishkor tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan ayollar skriningi tashkil qilinib, bunda tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Tuman Aholi bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tashkil etilgan “Ishga marhamat” tadbiri davomida ishsiz xotin-qizlar boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida psixologik trening oʻtkazildi.
Mirishkor tumani Guliston QFY da yashovchi fuqaro D. Hamroyevaga (1-guruh nogironligi bor) nogironlik aravachasi berildi.