Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bolalar yurak jarrohligining yana bir murakkab turi muvaffaqiyatli bajarildi.
Shu davrga qadar 213 nafardan ortiq bolada yurak jarrohligi amaliyotlari amalga oshirildi — bu har bir bola hayotida umrboqiy burilish!
Eng quvonarlisi, ushbu jarrohliklarning 70%dan ortig‘i Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari,
va homiylar ko‘magi hisobidan amalga oshirildi.
Bu yutuq – yurtimizda tibbiyotni lokal darajada rivojlantirayotgan islohotlar, malakali shifokorlar va bolalarga qaratilgan e’tibor samarasidir.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati