Yer yuzida odamlar eng uzoq yashaydigan 5 hudud – “Ko‘k xududlar” haqida bilasizmi?

Dunyoda shunday joylar borki, u yerda odamlar nafaqat uzoq, balki sog‘lom va faol hayot kechiradilar. Bu hududlar “Ko‘k zonalar” deb ataladi. Ularda 90–100 yoshga to‘lganlar soni juda ko‘p.

Ko‘k xududlar xaritasi:

Okinava (Yaponiya)

Sardiniya (Italiya)

Ikariya (Yunoniston)

Nikoya (Kosta-Rika)

Loma Linda (AQSH, Kaliforniya)

Ular qanday ovqatlanishadi?

1. O‘simlikka asoslangan parhez – rasionining asosiy qismini sabzavot, meva, dukkaklilar va butun don mahsulotlari tashkil etadi.

2. Go‘sht kam miqdorda – hayvonot mahsulotlari, ayniqsa qizil go‘sht, juda kam iste’mol qilinadi.

3. Baliq va dengiz mahsulotlari – ayrim hududlarda (masalan, Okinava va Sardiniyada) haftasiga bir necha marta.

4. Yog‘ sifatida zaytun yog‘i yoki tabiiy yog`lar.

5. Shirinlik va qayta ishlangan mahsulotlar deyarli yo‘q.

6. Me’yoriy porsiya – “kamroq yemoq, lekin sifatli” qoidasiga amal qiladilar.

Umumiy hayot tarzi odatlari

Kundalik harakat – sportzalda emas, balki tabiiy harakat: yurish, bog‘dorchilik, uy ishlari.

Jamiyat va oilaga bog‘liqlik – oila, qo‘shni va do‘stlar bilan yaqin munosabat.

Stressdan uzoq turish – ibodat, meditatsiya yoki osoyishtalikka e’tibor.

Maqsadli hayot – har kuni “ertaga yashash uchun sabab” bor.

Tabiiy uxlash rejimi – kechasi yaxshi uxlash, kunduzi quyosh nuridan foydalanish.

‍⚕️ Olimlar ta’kidlaydilar: bu omillar inson organizmini asrab, ruhiy va jismoniy barqarorlikni ta’minlaydi. Shu tufayli ko‘k zonalar aholisi qarilikda ham faol va sog‘lom bo‘lib qoladilar.

Xulosa: “Ko‘k xududlar” tajribasi sog‘lom turmush tarzi uchun dunyoga namuna. Ovqatlanish va hayot tarzimizda ulardan o‘rnak olish – uzoq va sog‘lom umrga yo‘l ochishi mumkin.

Laziza Allayorova

jurnalist