Bugungi kunda Davlat fuqarolik xizmatchilarining sogʻligini mustahkamlash, davolash va qayta tiklash ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda bugun Yakkabog‘ tuman hokimligi jamoasi ham tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, ularga salomatligi to‘g‘risidagi xulosalar, ba’zi holatlarda esa chuqurlashtirilgan ko‘rik uchun yo‘llanmalar berildi.
Muhimi, davlat xizmatida ishlayotgan va ko‘p hollarda o‘z salomatligi uchun vaqt topa olmayotgan xizmatchilar ushbu imkoniyatdan mamnun bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.