Xalqaro doiradagi ochiq muloqot samarali kechdi!

Bugun Toshkent shahridagi Radisson Blu mehmonxonasida viloyatimizning Qarshi tumani va Qarshi shahrida joylashgan ikkita yangi shifoxonaning loyiha talablarini aniqlash boʻyicha birinchi seminar tashkil etildi.
Tadbirda asosiy manfaatdor tomonlar, jumladan, Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari, Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshlig’i A.Boboyev, loyiha boʻyicha mutaxassislar va UNOPS tashkiloti ma’sullari ishtirok etdi.

Seminarda shifoxonalarning qulayligi va barqarorligini ta’minlash uchun fikr va tajriba almashildi. Bu almashinuv jamiyat ehtiyojlari, ijtimoiy inklyuziya va ekologik mas’uliyatni birinchi o’ringa qo’yadigan asosdir.