9-14 sentyabr kunlari o‘zbek xalqining asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab qolish, avlodlarga yetkazish, shuningdek milliy urf-odatlar va an’analar bilan birga umuminsoniy ahloq qoidalarini shakllantirish maqsadida respublikamiz bo‘ylab «Xon atlas haftaligi tashkil etilishi belgilangan.
Viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasallar ham haftalik doirasidagi tadbirlarni o‘tkazishda faollik ko‘rsatishmoqda. Qashqadaryo viloyat OITSga qarshi kurashish markazida o`tkazilgan tadbir milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassamlashtirgan ko‘rgazmalar, «Milliylik va zamonaviylik» aks etgan liboslar namoyishi, milliy laparlar, bahru baytlar, aytishuvlar, kiyinish madaniyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar kabi tadbirlar ketma-ketligiga ulanib ketdi.