Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligining viloyat bo‘yicha korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi L. G‘. Rustamov, Qarshi shahar prokuraturasi tergovchisi T. Safarov, markaz rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, shifokorlar va hamshiralar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlar mas’uliyatini oshirish, shaffof va halol muhitni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mutasaddilar tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 203, 234 va 255-sonli buyruqlar mazmuni va ularning amaliy ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Qashqadaryo viloyati sog`liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati