Viloyat hokimi Qarshi tumanida bo’ldi

Xabaringiz bor, davlat rahbari viloyatga tashrifi chog’ida kutilmaganda Qarshi tumanida joylashgan tibbiyot birlashmasi va 12-sonli maktabga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida mazkur maktab faoliyatini yanada yaxshilash va maktab hududini obodonlashtirish bo’yicha topshiriq bergan edi.

Shu bois bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur hududlarda bo’ldi va amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdi. Shuningdek, mas’ullarga zarur topshiriqlar bo’yicha bir qator topshiriq berdi.

Shu joyning o’zida aholi vakillari bilan ham uchrashib, tibbiyot muassasasini zamonaviy ko’rinishda bunyod etish loyihasi  bilan o’rtoqlashdi.