Qashqadaryo viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya markazining laboratoriyasiga yangi asbob-uskunalar olib kelindi. Hozirgi kunda markaz laboratoriyasida 150 dan ortiq kasalliklarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan tekshiruvlar amalga oshirilmoqda hamda ayrim kasalliklarni aniqlash uchun o’tkaziladigan tekshiruvlar viloyatimizdagi faqat ushbu laboratoriyada amalga oshirilmoqda.