Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tegishli buyrug‘iga asosan To‘lqin Berdievich Rasulov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

51 yoshli To‘lqin Rasulov Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Turli yillarda viloyat sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori, Qamashi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimligi bosh mutaxassisi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatdi.

Tayinlovga qadar u viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.