Stressga chidamli inson muvafaqqiyatga tezroq erishadi❗️

Hozirgi jadal, noaniq va bosimli hayot sharoitida stress har bir inson hayotining ajralmas qismidek bo‘lib qoldi. Ayniqsa katta shaharlarda, ta’lim, ish va oiladagi talablar yuqori bo‘lgan jamiyatlarda odamlar kundalik turmushdagi turli holatlar — moliyaviy muammolar, salomatlik xavotirlari, axborot bosimi, munosabatlar tangligi orqali turli stress manbalariga duch keladi.

Biroq hamma odamlar stressga bir xil munosabatda emas: kimdir og‘ir vaziyatda ham bosiq, barqaror qolsa, boshqalar ozgina muammoda ham tez charchab, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Bu farq — stressga chidamlilik darajasi bilan belgilanadi.

Stressga chidamlilik nima?

Stressga chidamlilik — bu insonning ichki barqarorligi, murakkab, bosimli va og‘ir holatlarda o‘zini boshqarish, ruhiy, aqliy va jismoniy holatini nazorat qilish qobiliyatidir.

Bu xislat: Emosional intellekt, mushohada va sabr, Javobgarlik hissi, maqsadga intiluvchanlik,, psixologik barqarorlik kabi ko‘p jihatlardan iborat

❗️Qisqasi, stressga chidamli inson — muammolarni sinash deb emas, o‘zini sinash imkoniyati deb qabul qiladi.

Stressga chidamsizlik qanday xavflarga olib keladi?

Ruhiy kasalliklar — depressiya, bezovtalik, panika xurujlari

Jismoniy xastaliklar — qon bosimi oshishi, yurak xuruji, oshqozon jarayonlarida muammolar

Muntazam charchoq, motivatsiya yo‘qotish

Munosabatlar yomonlashuvi, janjallar

Nojo‘ya qarorlar va hayotda adashish ehtimoli

Bu holatlar inson hayotining sifatini pasaytiradi, uni o‘z hayotining xo‘jayini emas, stress qurboniga aylantiradi.

✅ Stressga chidamlilikni qanday rivojlantirish mumkin?
1. O‘zingni anglash va his-tuyg‘ularni tan olish

«Men hozir asabiyman», «Meni bu vaziyat bezovta qilmoqda» deb ochiq tan olish — stressni boshqarishda birinchi qadam.

2. Nafas mashqlari va jismoniy mashqlar

Chuqur nafas olish, yo‘g‘on nafas chiqarish usullari asab tizimini tinchlantiradi.

Yugurish, yoga, suzish kabi mashqlar stress gormoni — kortizol darajasini pasaytiradi.

3. Maqsad va ustuvorliklarni aniqlash

Har bir qarorda “bu men uchun qanchalik muhim?” degan savolni berish orqali stress manbasini saralab olish mumkin.

4. Ijobiy munosabat va yumor

Bir oz yumor — katta stressni yumshatishi mumkin. Jiddiy muammoni kamroq jiddiylik bilan qabul qilish, ko‘pincha yechimni osonlashtiradi.

5. O‘z-o‘zini qo‘llash va muhitdan foydalanish

Yaxshi do‘stlar, hamfikrlar, mutaxassislar (psixologlar) bilan gaplashish juda katta yordam beradi.

Stressga chidamlilik — muvaffaqiyatning yashirin sirimi?

Ha! Tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, yuqori stressga chidamli insonlar:

Muvaffaqiyatli rahbarlar

Bosimli sharoitda tez va aniq qaror qabul qiladigan mutaxassislar

Barqaror munosabatlar o‘rnata oluvchi shaxslardir

Masalan, NASA, Google, Tesla kabi yetakchi tashkilotlar xodimlarni yollaganda bilim va tajribadan tashqari stressga chidamlilik testlarini ham o‘tkazishadi.

Xulosa: Stressni yo‘q qilish mumkin emas, unga tayyor bo‘lish mumkin. Zamonaviy hayotda stress — hayot tarzining bir qismi. Ammo kimdir unga yechilishi mumkin bo‘lgan sinov sifatida qaraydi, boshqasi esa murakkab halokat sifatida.

Stressga chidamli bo‘lish — nafaqat sog‘lom hayot, balki muvaffaqiyat, baxt va hayot sifati kafolatidir.

‍♂️ «Tashqi dunyoda hamma narsa o‘zgarishi mumkin. Lekin ichki barqarorlik — siz yaratgan mustahkam qal’adir.»

Laziza Allayorova
jurnalist