SSV: Yurtimizda emlash jarayonlarida 28 million dozadan ortiq vaksina qoʻllanildi

8-noyabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 325 355 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 198 822 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 74 366 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 52 167 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 28 170 887 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 14 649 315 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 8 966 856 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 4 554 716 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
Samarqand viloyati (64 454 doza),
Toshkent shahri (43 121 doza),
Fargʻona viloyati (31 350 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirlgan qatlamga nisbatan 68,3 foizni tashkil qilmoqda.