🏥 Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida sog‘liqni saqlash tizimida inson resurslarini boshqarish, mehnat qonunchiligi va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

👨‍⚕️ Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimida 337 ta tibbiyot muassasasi bo‘lib, 55 ming 600 nafardan ortiq xodimlar faoliyat yuritadi. 2025-yilda sohada mehnat munosabatlariga oid 224 ta, 2026-yilning o‘tgan davrida esa 120 ta murojaat kelib tushgan.

📝 Seminarda tizimda mehnat qonunchiligiga rioya etish, xodimlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat nizolarining oldini olish hamda murojaatlar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟡 Ishtirokchilarga mavzular doirasida huquqiy tushunchalar va amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ular o‘z savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldi.

🚑 Sog‘liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati.