Sohada shaffoflikni ta’minlash borasidagi amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi

Viloyatda sog‘liqni saqlash boshqarmasining kengaytirilgan yig‘ilishida vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i S.S. Mamanov tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash (https://t.me/qashqadaryo_ssb/17448) maqsadida komplens nazorati bo`yicha viloyat masul xodimi L.Rustamov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filiali faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasada korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar bevosita joyiga chiqib, mavjud holatlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan ijobiy tajribalar va kamchiliklar asosida tegishli xulosalar chiqarilib, takliflar ishlab chiqildi. O‘rganish natijalari asosida boshqa muassasalarga ham tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan amaliy mexanizmlar tavsiya qilindi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati