✅Avval xabar berganimizdek (https://t.me/qashqadaryo_ssb/12898?single), Qarshi shahrida ilk bor ona va bola salomatligini muhofaza qilishga bag’ishlangan «SOGʻLOM ONA – SOGʻLOM BOLA» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
✅Mazkur konferensiyani tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2022-yil 25-apreldagi «2022-2026-yillarda onalik va bolalikni muxofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi PQ-216-son qarorlarini ijrosini ta’minlash, shuningdek, tibbiy amaliyotning ta’lim va fan bilan zaif integratsiyasini bartaraf etish, ilg‘or tibbiy yutuqlarni tashxislash va davolash jarayonlariga joriy etishga e’tibor qaratishdan iborat.
✅Ushbu konferensiya tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi ilg‘or xorijiy klinikalar va oliy tibbiy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytiradi.
✅Mazkur ilmiy – amaliy konferensiyada bolalar kasalliklarini oldini olish, tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini kundalik tibbiy amaliyotga joriy etish, shuningdek, Qashqadaryo viloyati mutaxassislari o‘rtasida tajriba va bilim almashishga xizmat qiladi
✅O’ylaymizki, ushbu konferensiya viloyatimiz tibbiyoti mutaxassislari uchun manfaatli bo’ldi.