Ko‘p suyuqlik iching!
Kamida 1,5–2 litr suv ichish tavsiya etiladi. Bu siydik yo‘llarini tozalaydi va infeksiyalarni yuvib tashlaydi.
Hojatni ushlab yurmang!
Siydikni to‘sib turish infeksiya xavfini bir necha marta oshiradi. Hojatxonaga o‘z vaqtida borish — sizning sog‘lig‘ingiz garovidir.
Intim gigiyenaga e’tibor bering!
To‘g‘ri tozalash usulidan foydalaning va jinsiy aloqadan so‘ng yuvinishni odat qiling. Bu infeksiyaga qarshi eng muhim qadamlardan biri.
Qulay kiyim tanlang!
Tor liboslar siydik yo‘llarini siqib, bakteriyalar uchun qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun erkin va havo o‘tkazuvchi kiyimlarni tanlash tavsiya etiladi.