Avval xabar berilganidek, viloyatimizda Sog’liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug’iga asosan pulmonologiya bo’yicha ma’sullar tomonidan vohaning shu sohaga aloqador mutaxassislariga seminarlar o’tkazish belgilangan.
Shahrisabz shahrida tashkil etilgan navbatdagi seminarda viloyatimizning tog’li xududlarida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislarga «O’pka patologiyasining klinik oldi shakllarini erta aniqlash» mavzusida Sog’liqni saqlash vazirining 2024 yil 9 sentyabrdagi 209-sonli, joriy yil 27 martdagi 107-sonli va 14 iyundagi 195-sonli buyruqlari bilan Pulmonologiya yo’nalishi bo’yicha tasdiqlangan Milliy klinik protokol asosida amaliyotga Milliy standartlarni joriy etish bo’yicha alohida taqdimotlar o’tildi.