Unda tuman hokimi va sektorlar rahbarlari va nuroniy otaxonlar shifoxona jamoasi bilan birgalikda ishtirok etdi.
Bo‘limning mazkur punkti uzoq yillardan beri foydalanilmasdan kelinardi. Bu esa o‘z navbatida Xalqobod mahallasida yashovchilarning tibbiyot markaziy shifoxonasiga kelib ketish masalalari biroz qiyinchilik tug‘dirardi. Shularni hisobga olgan holda joriy yilda investitsiya dasturi asosida ajratilgan 1 mlrd. so‘mlik mablag‘ hisobiga mazkur oila shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi.
Endi shifokorlik punkti Duxchi, Chorbog’ va Xalqobod mahalla fuqarolar yig’inlaridagi 10580 nafar aholiga tibbiy xizmat ko’rsatadi.
Eslatib o’tamiz, bu tibbiy punktda 30 nafar tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi.