Seminarda dolzarb va muhim masalalar muhokama etildi

Prezident tashabbusi bilan sog‘liqning saqlash sohasiga tatbiq etilayotgan yangi mexanizm, davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilib qolmay, aholining salomatlik ko‘rsatkichini bir maromda ushlab turish, ularga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Qolaversa, ushbu tizim faoliyati yo‘lga quyilishi barobarida «elektron resept», «elektron poliklinika» tizimlari yo‘lga quyilmoqda.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasida o‘tkazilgan seminarda tuman, shahar tibbiyot birlashmalari, boshqarma tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, uning viloyat hududiy bo‘limlari ma’sullari hamda uning tegishli soha xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda joriy yilning 5 sentyabridagi «Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori o‘qib eshittirilib, uning mazmun mohiyati tushuntirib berildi.