Seminar tarzida profilaktika tadbiri

SSV tomonidan 2024 yil 22 aprelda tasdiqlangan “Sog‘liqni saqlash vazirligi litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish boshqarmasining Qashqadaryo hududiy boshqarmasi tomonidan 2024 yil II choragi davomida tadbirkorlik sub’ektlariga o‘tkazadigan profilaktika tadbirlari” reja-grafigiga asosan Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi binosida seminar tarzida profilaktika tadbiri o‘tkazildi.

Seminarni viloyat sog‘liqni saqlash  boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘. Umirzoqov kirish so‘zi bilan ochdi.

«INFORM RIA SERVIS» MChJ rahbari T.Bessmertniy, litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish boshqarmasining Qashqadaryo hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi F.Normo‘minov,  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U. Oltiboev, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hududiy bo‘limi bosh mutaxassisi Ch.Rizaev dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruza qilishdi.

Qashqadaryo viloyati SSB axborot xizmati.