O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 19 iyundagi PQ-196-sonli Qarori ijrosi yuzasidan psixiatriya va narkologiya xizmatlarini birlamchi tibbiy sanitariya yordami xizmati bilan integratsiya qilish yuzasidan mavjud kamchilik va muammolar, xizmatdagi kadrlar ta’minoti yuzasidan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinib, viloyatda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya va psixiatriya xizmati viloyat filiallarida bo’lib, davolash va reabilitatsiya qilish, majburiy davolanish bo‘limidagi sharoitlar, markazlashtirilgan tibbiy uskunalardan foydalanilishi holatini o’rgandi, kerakli tavsiya va topshiriqlar berib o’tdi.