Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Ammag‘on qishlog‘idagi tibbiyot muassasasi ta’mirtalabligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda chiqarilgan tanqidiy lavha yuzasidan

Ammog‘on qishlog‘i tuman markazidan 28 km olis masofada joylashgan bo‘lib, 4320 nafar aholi istiqomat qilib keladi. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari tomonidan murojaat o‘rganilganda, qishloqda 1993 yildan 2017 yilga qadar 15 o‘rinli qishloq uchastka shifoxonasi faoliyat yuritib kelganligi, shifoxona 1982 yilda xashar yo‘li bilan qurilganligi, bino Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi balansiga kiritilmaganligi aniqlandi. 2017 yilda tibbiy muassasalarni maqbullashtirish natijasidan uchastka shifoxonasi faoliyati tugatilgan. Ammo Ammag‘on qishlog‘ining uzoq tog‘li xududda joylashgani va aholining statsionar tibbiy xizmatga bo‘lgan extiyojini hisobga olib qishloqdagi sobiq uchastka shifoxonasi binosida tuman markaziy 10 o‘rinli bo‘limi tashkil etilgan (5 ta bolalar kasalliklari, 5 ta tug‘ruq o‘rinlari) va hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelmoqda. 2022 yil bu bino o‘rniga old qismidan “Obod qishloq” dasturi asosida   1 mlrd 637 mlnso‘mdan oshiq mablag‘ evaziga yangi bino qurib foydalanishga topshirildi. Yangi oilaviy shifokorlik punkti quvvati 50 qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, 10 o‘rinli statsionar tashkil etilgan.

Ushbu yangi binoning orqa qismida joylashgan avvaldan foydalanib kelingan (tanqidga uchragan  16 qavatli) bino ta’mirga muxtoj bo‘lsa-da, aholining extiyojiga ko‘ra qo‘shimcha bino sifatida foydalanib kelinmoqda.

Kelgusida binoni tegishli tashkilotlar xulosasiga ko‘ra tuman tibbiyot birlashmasi balansiga o‘tkazib ta’mirlash yoki boshqa qo‘shimcha bino qurish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilayotgani ma’lum qilinadi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni
saqlash boshqarmasi axborot xizmati