Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani Tarag‘ay oilaviy poliklinikasi faoliyati to‘g‘risida tarqalgan xabarlar юзасидан
Ushbu murojaat o‘rganilib, quyidagilar ma’lum qilinadi.
Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Tarag‘ay oilaviy poliklinikasi 2024 yil sentabr oyida ishga tushirilgan. Hozirda ushbu oilaviy poliklinikaga yuridik maqom olinmaganligi sababli ayrim kadrlar masalalari bo‘yicha va tibbiy jihozlar ajratilishida muammolar mavjud.
Sog`liqni saqlash boshqarmasi va tegishli tashkilotlar tomonidan aholini to‘liq tibbiy xizmat bilan ta’minlash va zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar laboratoriya uskunalari, UZI apparati va avtoklav bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Qashqadaryo viloyati sog`liqni
saqlash boshqarmasi axborot xizmati