Ijtimoiy tarmoqlarda “G‘uzordagi shifokorlar paxta boshlangandan beri majburiy mehnatga jalb qilinmoqda” mazmunidagi tarqalgan murojaat yuzasidan.
Mazkur xabar yuzasidan o‘rganishlar asosida quyidagilar ma’lum qilinadi.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi majburiy mehnatning har qanday shakliga qat’iy qarshi ekanligini ma’lum qiladi. Jumladan, tibbiyot xodimlarini paxta terimiga jalb etilishini noqonuniy holat deb hisoblaydi.
Hozirda holat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.
Hurmatli tibbiyot xodimlari, agar siz vakolatingizga kirmaydigan yumushlarga jalb qilinsangiz, zudlik bilan boshqarmaning ishonch telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling: (75)224-03-41.
Mazkur holat huquqiy baho berish uchun tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganilayotgani ma’lum qilinadi.
Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash
boshqarmasi matbuot xizmati