Ijtimoiy tarmoqlarda “Tekin berilishi kerak bo’lgan dori darmon uchun pul so’ramoqda➖Qamashi” mazmunidagi tarqalgan murojaat yuzasidan.
Mazkur xabar yuzasidan o‘rganishlar asosida quyidagilar ma’lum qilinadi.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi korrupsiyaning har qanday shakliga qat’iy qarshi ekanligini ma’lum qiladi. Jumladan, gemodializ xizmati to‘liq bepul bo‘lib, pul talab qilish holatini noqonuniy holat deb hisoblaydi.
Hozirda holat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.
Hurmatli fuqarolar, tibbiyot sohasida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, zudlik bilan boshqarmaning ishonch telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling: (75)224-03-41.
‼️Unutmang! Sog‘liqni saqlash boshqarmasi har qanday korrupsion holatga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi va fuqarolarning hech bir murojaati e’tibordan chetda qolmaydi.
Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi