Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Koson tuman tibbiyot birlashmasi gemodializ bo‘limi katta hamshira dam olish kunlari ishchi xodimlarni shanbalik qilishga chaqirishga qanchalik darajada haqlik» mazmunidagi xabar yuzasidan
Mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar asosida quyidagilar ma’lum qilinadi.
Ushbu xabarda keltirilgan navbatdan tashqari shanbalik o‘tkazish haqida Koson tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati xususan sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan hech qanday topshiriq berilmagan.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi rahbariga xodimlarni dam olish kunlari va navbatchilikdan tashqari ishga jalb etmaslik to`grisida yana bir bor qattiq ogohlantirish berilganini ma’lum qilamiz.
Hozirda holat tegishli tashkilotlar tomonidan o`rganilmoqda.
Qashqadaryo viloyati
sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Matbuot xizmati.